Janubiy Koreyada shaxsiy ma’lumotlarni tarqatganlik uchun kompaniyalarga og’irroq jazo berish taklif qilinmoqda

Janubiy Koreyada har yili odatda bayramlar arafasi va undan keyin yo’l-transport hodisalari va uydagi zo’ravonliklar miqdori oshib ketishi odatiy hol hisoblanar edi, biroq, bu yil COVID-19 sababli Chusok bayramida bu ko’rsatkichlar sezilarli tarzda kamayishga erishdi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. Koreya Milliy politsiya agentligi bergan ma’lumotga muvofiq, shu yilning 21-sentyabridan 3-oktyabriga qadar bo’lgan muddatda jami bo’lib mamlakat bo’ylab politsiya idoralariga 898 ta maishiy zo’ravonlik holati haqida xabar kelib tushgan. Ushbu ko’rsatkich o’tgan yilga solishtirganda 14 foizga kamroqni tashkil qiladi.

  1. Eng ko’p maishiy zo’ravonliklar Koreyaning ikki yirik bayrami Solnal va Chusok bayramlari arafasida kuzatilib, aynan ushbu bayramlarda madaniy tadbirlar oilaviy tarzda amalga oshirilib, bu esa stress darajasi oshishiga olib keladi. Sentyabr oyining 30-sanasidan boshlab oktyabr oyining 3-sanasiga qadar bo’lgan muddatda 331 ta avariya qayd etilib, va bu o’tgan yilgi 463 ta avariyadan 28 foizga past miqdor hisoblanadi. Hisobga olingan o’limlar soni ham o’rtacha kuniga 5 ta bo’lib, o’tgan yili xuddi shu vaqtda kuniga o’rtacha 6,7 nafar inson yo’l-transporti oqibatida halok bo’lishgan.
error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!