Koreya prezidenti sanoat korxonalarida ish beruvchilarni xavfsizlik choralariga e’tiborni kuchaytirishga da’vat qildi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In 1-May Mehnatkashlar bayrami munosabati bilan mamlakat hududidagi barcha ish beruvchilarni sanoat xavfsizligiga rioya qilishga da’vat qildi deb xabar qilmoqda Kore Times internet nashri. Ushbu chaqiriq yaqindagina Kyongi-do provinsiyasida yuz bergan va 38 kishining umriga zomin bo’lgan yong’in fonida yanada katta ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, vaqtinchalik yollanib ishlovchilar sog’lig’i va huquqlarini himoya qilishda alohida e’tibor talab qilinishi lozimligi uqtirildi.

Koreya orzusida mehnat qilayotgan va baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan barcha insonlar xotirasiga ta’zim bildirilib, prezident ish beruvchilarga kelgusida inson hayotini har qanday manfaatdan ustun qo’yish kerakligi eslatib o’tildi. Bundan tashqari ushbu yong’inda halok bo’lgan uch nafar chet ellik ishchi, jumladan ikki nafar Qozog’iston fuqarolarining oilasiga chuqur hamdardlik bildirilib, ularning oila a’zolarini mamlakatga olib kelishda yordam berish lozimligi topshirig’i ham berildi.

Hodisa oqibatida vafot etgan insonlar oila a’zolariga kompensatsiya to’lash masalasini tez fursatda hal qilish choralari ko’rilishi ham e’tibordan chetda qolmadi. Eslatib o’tamiz, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik (OECD) tashkilotiga a’zo davlatlar orasida Janubiy Koreya hamon sanoatda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etuvchilar soni bo’yicha yetakchilik qilmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!