Janubiy Koreyada yaqinlashib kelayotgan “Chusok” – (Shukronalik bayrami) arafasida beriladigan mukofot pulllari koronavirus pandemiyasi sababli bu yil eng kam miqdorda bo’lishi kutilmoqda

Janubiy Koreyada yaqinlashib kelayotgan “Chusok” – (Shukronalik bayrami) arafasida beriladigan mukofot pulllari koronavirus pandemiyasi sababli bu yil eng kam miqdorda bo’lishi kutilmoqda deb xabar qiladi Chosun Ilbo internet yangiliklari sayti. Oxirgi marta 2012-yilda ushbu mukofot pullari eng kam miqdorni tashkil etgan edi. “Saramin” ish beruvchilar portali o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra mamlakatdagi 51 foiz kompaniyalar shu yil ham bayram munosabati bilan mukofot pullari berishni reja qilgan bo’lib, o’rtacha 586 ming won miqdoridagi maablag’ ishchilarga mukofot tarzida berilishi aniqlangan. Bu esa o’tgan yilga qaraganda 61 ming wonga kamroqdir. Katta kompaniyalar 920 ming won, o’rtacha kompaniyalar 680 ming won va kichik kompaniyalar 510 ming won miqdoridagi mukofot pularini to’lab berishi rejalashtirilgan.

 

Og’ir iqtisodiy sharoitda ham mukofot pullarini to’lab berishga sabablardan biri sifatida 44 foiz ish beruvchilar shu yo’l orqali o’z ishchilarini qiyin vaziyatda qo’llab quvvatlash uchun, 35 foizi kompaniya qoidalaridan kelib chiqib shunga majbur ekanligi, 24 foizi ishchilar sadoqatini oshirish va 18 foizi esa bayram xarajatlarini qoplab berish maqsadida bu yil ham mukofot pullarini berishga qaror qilgani ma’lum bo’ldi. Mukofot pullarini bermaslikka qaror qilgan korxonalar esa pandemiya tufayli moliyaviy muammolarga duch kelgani, mablag’ o’rniga sovg’alar berishni sabab qilib ko’rsatishgan.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!