Iyul oyidan boshlab Koreyada chet elliklar guruh bo’lib yashovchi uy-joylarning sanitariya holati tekshirib chiqiladi

COVID-19 tarqalishi xavfi sababli chet elliklar ko’p miqdorda yashovchi hududlar sog’liqni saqlash idoralari tomonidan diqqat markazda bo’lib turibdi deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Koreya Adliya vazirligi ma’lumotiga ko’ra joriy yilning iyul oyidan boshlab, Mehnat vazirligi bilan hamkorlikda butun mamlakat bo’ylab xorijliklar zich yashovchi hududlarda tekshiruv o’tkaziladi. Tekshiruvda asosan karantin qoidalari, gigiena va sanitariya qoidalariga rioya qilish darjasi, shuningdek tibbiy maslahatlar va zarur tibbiy vositalar beriladi.

Uyma-uy yurib bu kabi tekshiruvni o’tkazish may oyida 200 dan ortiq holatda migrant ishchilar gavjum yashaydigan yotoqxonalarda sanitariya holati talabga javob bermasligi aniqlanganidan keyin kun tartibiga chiqdi. Ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi, baliqchilik va fermerlik sohalarida ishlovchi ishchilar yashaydigan 490 dan ortiq yotoqxonalar tekshirilganida ulardan 249 tasi tibbiy jihatdan og’ir holatda ekanligi ma’lum bo’lgan edi. Iyul oyidagi inspeksiyada 10 dan ortiq inson bir tom ostida yashovchi uy-joylar alohida e’tibor markaziga olinadi

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!