Koreyada turmush qurgan juftliklarning har ikkalasi ham ishlashi holati kamayib bormoqda

Janubiy Koreyada yashovchi turmush qurgan juftliklarning deyarli yarmi turmush qurganidan so’ng ham o’zaro birgalikda daromad topish uchun ishlashni davom ettirishi ma’lum bo’ldi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. O’tgan yil yakuni bo’yicha qayd etilgan statistika ma’lumotlariga muvofiq, jami bo’lib 5.66 million oilada har ikkala juftlik ham ishlashi aniqlanib, bu esa butun mamlakat bo’ylab turmush qurganlarning 46 foizini tashkil qiladi.

Undan avvalgi yilda ushbu raqamlar nisbatan ko’proq bo’lgan bo’lib, natijada bi yildan so’ng 0.2 foizga kamaygan. 40 yoshdan katta bo’lgan juftliklar umumiy miqdorning 54 foizidan iborat va ular asosiy ishlovchi juftliklar deb hisobga olingan. Oilada faqat bir kishining ishlashi va yagona boquvchi bo’lishi hollari esa 6 millionda ko’proq bo’lib, bu avvalgi yilga qaraganda 250 ming nafarga ko’proqdir.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!