Koreyaning Ansan shahrida bolalar orasida xavfli bakteriya tashuvchi kasallik aniqlanmoqda

Janubiy Koreyaning Kyonggi-do provinsiyasi Ansan shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchi bolalarning oziq-ovqatdan zaxarlanishi oqibatida 5 nafar bolada buyrak buzilishi alomatlari qayd etildi deb xabar qiladi Korea Herald internet nashri. E-coli deb nomlangan bakteriya tarqalgani uchun 15 nafar bola buyrak og’rig’idan shikoyat qilib kasalxonaga olib kelingan. Hukumat sog’liqni saqlash idoralari ushbu bakteriya kelib chiqish sababini aniqlashtirishga harakat qilmoqda.

Koreya kasallilarni nazorat qilish va oldini olish markazi bergan ma’lumotga ko’ra E-coli bakteriyasi organizmiga tushgan bolalarning 15 foizi hayoti uchun xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bakteriyadan butunlay sog’ayish uchun esa bir necha oylar ketishi aniqlangan. Xattoki ba’zi hollarda buyraklarni transplantatsiya orqali ko’chirib o’tkazishga ham to’gri keladi. 18-iyun sanasida birinchi bemor bolaga tashxis qo’yilgach, shahardagi 49 nafar bolada ham shu kabi bakteriya ro’yxatga olingan, 102 nafar bola esa ich ketishi, qayt qilish, isitma yoki bosh aylanishi kabi kasallik belgilaridan shikoyat qila boshlagan. 32 nafar bola darhol kasalxonaga yotqizilgan

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!