Janubiy Koreyada haftasiga maksimum 52 soatdan oshmaydigan ish soatidan hozirgi pandemiya sharoitida chetga chiqishga ruxsat etilmoqda

Janubiy Koreyada haftasiga maksimum 52 soatdan oshmagan ish soatidan hozirgi pandemiya sharoitida vaqtinchalik istisno tariqasida ish hajmining oshgani munosabati bilan chetga chiqishga ruxsat etilmoqda deb xabar qiladi Hankyoreh internet nashri. Iqtisodiy tanglik yuzaga kelmasligi uchun qilinayotgan ushbu chora mehnatkashlar manfaatiga zid ekanligi ko’plab ekspertlar tomonidan tanqid qilinmoqda. Qoidaga ko’ra bunday qo’shimcha ish soatlarini joriy qilish albatta ishlovchi xodimning roziligini olgan holda qo’llanilishiga ruxsat berilgan.

O’tgan yili faqat ikki holatda ya’ni “halokat yoki baxtsiz hodisa qoibatida” unga qarshi kurashda qo’shimcha uzaytirilgan ish soatlariga ruxsat etilgan bo’lsa, shu yildan boshlab esa “kutilmagan vaziyatlar” va “ish hajmining keskin oshishi” holatlarida ham bir yilda 90 kun davomida haftasiga 52 soatdan oshiq ish soatiga ruxsat etildi. Shu yilning birinchi yarmida jami 1600 dan ortiq korxona va kompaniyalar haftasiga 52 soatlik ish vaqtidan ko’p ish soatini joriy qilishga ruxsat oldilar. Ularning ko’p qismi koronavirus pandemiyasi bilan kurash bo’yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardir. Koreya Kasaba uyushmalari federatsiyasi esa koronavirusni bahona qilib ishchilarning mehnat huquqlari, xavfsizligi va sog’lig’iga daxl qilinmoqda deb hisoblab, korxonalarga ish soatini ko’paytirish o’rniga ko’proq ishchilarni yollashni maslahat bergan.


 

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!