Shimoliy Koreya prezidenti vafot etdimi?

Shimoliy Koreya davlat rahbari Kim Chen In vafot etganligi to’g’risidagi xabarlar shu kunlarda turli xil ommaviy axborot vositalarida tinmay aylanmoqda. New York Times nashriga bu haqda Gonkongda joylashgan HKS Tv sun’iy yo’ldoshli radioeshittirish kompaniyasi xabar qilganligi ta’kidlanmoqda. 36 yoshli ushbu shaxsning oxirgi paytlarda omma e’tiborida ko’rinmay qolganligi turli xil shubha va gumonlarni paydo qilgan edi. Ya’ni 15-aprel sanasida KXDR da eng muhim sanalardan biri bo’lgan Shimoliy Koreya asoschisi Kim Il Sung ning tug’ilgan kuni butun mamlakat bo’ylab nishonlanganda ham prezident ishtirok etmaganligi hammada shubha uyg’otdi.

Shimoliy Koreya dunyodagi eng yopiq va diktatorlik rejimi hukm suradigan mamlakatlardan biri bo’lganligi uchun davlat rahbari o’limi haqidagi xabarlar rasmiy manbalarda dastlab berkitiladi. Shimoliy Koreya kunlik ma’lumotlar berib boriladigan onlayn nashrda esa prezidentning yurak jarrohligi amaliyotidan tiklanish jarayonini o’tkazayotgani aytib o’tilgan. Uning sog’lig’ida semizlik, qattiq charchoq va ko’p miqdorda tamaki iste’mol qilish tufayli muammolar kelib chiqqan. Sun’iy yo’ldoshlardan olingan tasvirlarda esa prezident poyezdi bir joyda ya’ni Wonsan stansiyasida to’xtab qolganligi ham mavjud shubhalarni kuchaytirgan. Biroq, Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati va AQSH prezidenti ham ushbu insonning tirik va sog’lig’i a’lo holatda ekanligini ta’kidlashgan. Bu haqda tez orada rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!