Koreyada ish beruvchilarga pandemiya sababli o’z ishchilari uchun yozgi mehnat ta’tilini keyinroq berish tavsiya qilinmoqda

Koreya Sog’liqni saqlash idoralari ko’plab ish beruvchilarni o’z ishchilariga yozgi ta’tilni sentyabr oyida berishni tavsiya qilmoqda va buning asosiy sababi sifatida dam olish maskanlarining gavjumlashib ketishi koronavirusni avj oldirishi deb ta’kidlangan deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Shuningdek, ish vaqtida xodimlarni tushlikka chiqarish vaqtini ham bir necha smenalarga ajratish taklif qilingan.

Yoz faslida COVID-19 ning yangi to’lqini yuzaga kelishi xavfi xorijdan kirib kelayotgan va mahalliy hududlarda aniqlanayotgan bemorlar soni oshishi sababli xavotir uyg’otmoqda. Yozgi ta’til vaqtida 70 foizdan ko’proq korxonalar o’z ishchilariga iyul oxiri va avgust boshida ta’til berib, xuddi shu vaqtda aholi ommaviy ravishda dam olish maskanlariga oshiqadi va oqibatda tirbandliklar kelib chiqadi. Kuniga o’rtacha 50 nafar koronavirus bemori ro’yxatga olinayotgan sharoitda ta’tilni keyinroq olish tavsiyasi aholini bir joyda to’planmasligiga munosib yechim sifatida ko’rilgan.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!