Koreyada bu yilgi Chusok bayrami davomida avariyalar va maishiy zo’ravonliklar miqdori pasaydi

Janubiy Koreyada egasiz va tashlab ketilgan uy hayvonlari soni yildan yilga oshib bormoqda deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Birgina 2019-yil yakuni bo’yicha mamlakat bo’ylab jami 135 mingdan ortiq qarovsiz holatdagi uy hayvonlari topilgan bo’lib, bu undan avvalgi yilga qaraganda 10 foizga ko’proqdir. 2014-yildan beri esa bunday holat 60 foizdan oshiq o’sishga erishdi. Ekspertlar fikricha uy hayvonlarini tashlab ketishga turli xil omillar sabab bo’ladi.

Ulardan eng keng tarqalgani jonivor egasining hayvonlar huquqlaridan to’liq xabardor emasligi va mas’uliyatsizligidir. Aslida Janubiy Koreyada uy hayvonlarini boqish odat tusiga kirgan bo’lib, 2019-yil holatiga ko’ra har 4 ta oilaning bittasi kamida bir nafar uy hayvoniga g’amxo’rlik qilishi aniqlangan. Youtube tarmog’ida esa minglab videolar aynan uy jonivorlarining sho’xliklariga bag’ishlangan.

Koreya hukumati yaqindagina uy jonivorlariga shafqatsiz munosabatda bo’lganlik uchun jazo choralarini kuchaytirib, 2021-yildan boshlab hayvonlarni qarovsiz qoldirganlik uchun jinoiy ish ochilib, hayvon egasiga nisbatan 3 million won gacha jarima solinishiga sabab bo’lishi mumkin. Mahalliy hukumatlar esa uy hayvoni asrab olganlik uchun 100 ming won gacha mablag’ to’lab berishadi. Biroq, turli kasalliklardan qattiq qo’rquvchi koreys aholisi bunga nisbatan katta qiziqish bildirmayaptilar.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!