Janubiy Koreyada pandemiya tufayli fuqarolarga moddiy yordam berishning ikkinchi bosqichi bo’yicha aholi orasida turli noroziliklar kelib chiqmoqda

Janubiy Koreyada pandemiya tufayli fuqarolarga moddiy yordam berishning ikkinchi bosqichi bo’yicha aholi orasida turli noroziliklar kelib chiqmoqda deb xabar qiladi Chosun Ilbo internet nashri. Buning asosiy sababi esa mazkur mablag’lar hammaga birday berilmasdan, faqatgina haqiqatda ehtiyojmand oilalarga berilishi deb ta’kidlangan. Shu hafta e’lon qilingan ikkinchi bosqich moddiy yordam dasturi bo’yicha 7,8 trillion won miqdoridagi mablag’lar byudjetdan mazkur maqsadda yo’naltirilishi belgilandi. Asosan ishsizlar, kichik biznes egalari va past daromadli oilalarga moddiy ko’mak ajratilishi rejalashtirilgan.

 

Bunda tashqari 13 yoshdan yuqori bo’lgan har bir insonga telefondan foydalanish uchun 20 ming wonlik chegirma ham taqdim etilishi belgilanib, bundan maqsad karantin sababli insonlar yuzma-yuz ko’rishish imkonidan mahrum bo’lganlik uchun telefonda suhbatlashish hajmi ortganidan o’ziga xos kompensatsiya deb aytib o’tilgan. Shuningdek boshlang’ich maktablarga qatnovchi farzandlari bo’lgan oilalarga har bir bola uchun 200 ming won miqdorida ham pul mablag’lari ajratib berilishi nazarda tutilgan. Birinchi bosqichda barchaga bir xil miqdorda moddiy ko’mak berilgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda ushbu ro’yxatga kira olmaganlar asosiy norozilik oqimini yuzaga keltirishgan. Tungi klublar va barlar egalari ham moddiy yordam tizimidan chiqarib tashlangani ularda ham hukumatga nisbatan ishonchsizlik uyg’otgan. Qariyalar esa yosh ishsizlarga 500 ming wondan berilishini adolatsizlik deb hisoblab, ular ham o’zlarini moddiy ko’makka muhtoj deb hisoblashmoqda.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!