Janubiy Koreyaning Shimoliy Cholla provinsiyasida mamlakatdagi eng yirik shamol elektr stansiyalari quriladi

Janubiy Koreyaning Shimoliy Cholla provinsiyasi Gochang va Buan sohillari bo’ylab mamlakatdagi eng yirik shamol elektr stansiyalari quriladi deb xabar qilmoqda Hankyoreh internet nashri. Ushbu elektr stansiyalari ikkita atom elektr stansiyalari qudratiga teng bo’lgan energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ladi deb ta’kidlanmoqda. Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi va Koreya atrof muhitni himoya qilish vazirligi e’lon qilishicha, 17-iyul sanasida ushbu hududda yashovchi mahalliy aholi vakillari bilan o’zaro kelishuv imzolanib, loyihaga 14 trillion won (11,7 million dollar) mablag’ yo’naltiriladi.

Natijada butun Janubiy Chungchong provinsiyasini to’liq elektr quvvati bilan ta’minlash imkoni paydo bo’lib, aslida loyiha 2011-yilda boshlangan edi. Muqobil va atrof muhitga zararsiz energiya manbalarini ishlab chiqish yo’lidan borayotgan Koreyada bu kabi loyihalar kelajakda ham katta miqyosda davom ettirilishi kutilmoqda. Mahalliy aholi vakillari hududda baliq ovlashga ruxsat berilishi sharti bilan ushbu loyihani amalga oshirishga rozilik bergan. Bu kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda aholi fikri va roziligini olish amaliyoti Janubiy Koreyaning demokratik an’analarga sodiqligini yana bir bor isbotlab turibdi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!