Janubiy Koreya hukumati viza muddati tugayotgan chet elliklarga mamlakatda qonuniy qolish uchun qo’shimcha muddat berish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda

Janubiy Koreya hukumati koronavirus sababli mamlakatdan ketolmay qolib ketgan chet elliklarning muddati tugagan vizalarini uzaytirib berish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Mamlakat Bosh vaziri Chung Sye Kyun ta’kidlashicha, hozirda qishloq xo’jaligida ishchilar yetishmovchiligi yuz berayotgani sharoitida xorijlik ishchilarning mamlakat hududida qolishlariga ruxsat berilsa, bu xorijliklar uchun ham, shuningdek mahalliy fermerlar uchun ham ayni muddao bo’ladi.

Shu bilan birgalikda koronavirus avj olayotgan ba’zi bir davlatlar, jumladan Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Pokiston, Bangladesh, Filippin va O’zbekistondan kelayotgan fuqarolardan COVID-19 ga chalinmaganlik to’g’risidagi tibbiy sertifikat talab qilinadi. Hukumat avval ham pandemiya tufayli xorijliklarning viza muddati tugagan bo’lsada, ularga 50 kun mamlakat hududida qolishiga qonuniy ruxsat berilib, biroq, ushbu muddat davomida ishga joylashish ta’qiqlab qo’yilgan edi. Endilikda ularga yana 3 oylik qo’shimcha muddat berish imkoniyati ishlab chiqilmoqda va ishga joylashishga ham ruxsat etilishi mumkin.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!