Koreyada COVID-19 sababli ba’zi chet ellik migrant ishchilar zavodlar vaqtincha yopilganida haq to’lanmaydigan ta’tilga chiqarilmoqda

Koreyada COVID-19 sababli ba’zi chet ellik migrant ishchilar zavodlar vaqtincha yopilganida haq to’lanmaydigan ta’tilga chiqarilmoqda deb xabar qiladi Hankyoreh internet yangiliklar sayti. Aprel oyining oxirlarida Kyongi-do provinsiyasi Shihung shahrida joylashgan tekstil fabrikasida ishlovchi Bangladeshlik ishchi o’z boshlig’i tomonidan berilgan hujjatga imzo qo’yishga majbur qilinadi. Ushbu hujjatda ishchining koronavirus sharoitida yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchilik sababli zavod faoliyati sekinlashgani uchun 27-apreldan 31-iyulgacha haq to’lanmaydigan ta’tilga chiqishiga rozilik aks etgan edi. Migrant ishchilar kasaba uyushmasi federatsiyasi vitse-prezidenti Shayx Al Mamun fikricha bunday holatda chet ellik ishchilar boshqa ish topishlari juda qiyin bo’lib, ma’lum muddatga ishlash uchun shartnoma asosida Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan chet ellik ishchining o’z ish joyini cheklangan miqdorda o’zgartirishi mumkinligini inobatga olib, ish beruvchining bunday talabini bajarmasligi lozim. Aynan oxirgi paytlarda bunday holatlar tez-tez kuzatilmoqda.

COVID-19 sharoitida ishsizlik yuzaga kelishi oqibatida har 10 ta ishsizning bittasi chet ellik ishchi ekanligi, eng katta uammo esa ularning ko’pchiligida ishsizlik sug’urtasi mavjud emasligidir. Migrant ishchilar doimiy yashovchi yoki turmush qurish vizasi orqali mamlakatga kelmagan bo’lsalar avtomatik tarzda bunday sug’urtaga ega bo’lmaydilar. Ishlab chiqarish zavodlari uchun hukumat tomonidan ajratilgan moddiy yordam sxemalari bo’yicha ishchilarga oylik to’lab berish chet elliklarga taalluqli emasligi esa muammoni yanada og’irlashtirgan. Ba’zi chet ellik ishchilar ta’kidlashicha, sug’urtaga ega bo’lsalar ham ish beruvchilari tomonidan koronavirus bahona qilinib maoshlarni kechiktirish holatlari uchramoqda. Qonunchilikka ko’ra agarda ish beruvchi aybi bilan korxona faoliyati to’xtab qoladigan bo’lsa, haq to’lanmaydigan ta’tilga chiqishni xohlamaydigan ishchi uchun 70 foiz ish haqi to’lab berilishi lozim. Ish beruvchilar esa ishchini shunday ta’tilga chiqishiga ko’ndirib buning ortidan foyda olishni ko’zlashga harakat qiladilar.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!