Janubiy Koreyada ko’plab yoshi ulug’ insonlar rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalardan foydalanishda qiyinchilikka duch kelishmoqda

Janubiy Koreyada ko’plab yoshi ulug’ insonlar rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalardan foydalanishda qiyinchilikka duch kelishmoqda deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Ushbu muammo ancha yillardan buyon mavjud bo’lib, COVID-19 pandemiyasi davrida yaqqol sezilib qoldi. Sababi yoshlar kontaktsiz jamiyatda raqamli texnologiyaning so’nggi rusumdagi jihozlaridan muvaffaqiyat bilan foydalanishsada, qariyalar bee’tibor tashlab qo’yilganday tasavvur uyg’otmoqda. Koronavirus sababli yuzaga kelgan karantin tufayli yoshi katta aholi o’zlarini izolyatsiya holatida his qilib, ularning ko’pchiligida smartfonlar mavjud bo’lsada, barcha foydali funksiyalardan qanday qilib foydalanishni bilmasligi sababli mazkur holat yuzaga kelmoqda.

 

Statistik ma’lumotlarga ko’ra 65 yoshdan katta insonlarning deyarli 41 foizi umrida hech qachon onlayn xaridlarni amalga oshirmaganlar deb ma’lumot bergan Koreya Iste’molchilar agentligi o’z tadqiqot natijalarida. O’ziga xizmat ko’rsatish mumkin bo’lgan kiosklarda va monitorlarda taom sotib olishni qariyalar eplay olishmaydi. Ingliz tilini bilmaslik esa ushbu xizmatlardan foydalanishga imkon bermaydi. Bu kabi funksiyalardan qanday qilib foydalanishni o’rgatish esa ancha mushkul ish bo’lib, ularning miyasi yangi narsalarni tez o’rganib olishga moslashmagan. Xato qilishdan cho’chish va uyalib qolishdan xavfsiraydigan ko’plab qariyalar an’anaviy xizmatlardan foydalanishni ma’qul ko’radilar.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!