COVID-19 pandemiyasiga qaramay Koreyada uzoq muddatli yashovchi chet elliklar soni ortganligi ma’lum bo’ldi

Janubiy Koreyada yashovchi chet elliklar soni o’tgan yilga qaraganda 7,4 foizga kamayib, hozirda 2.2 millionni tashkil qilmoqda deb xabar qiladi Korea Herald internet nashri. Koronavirus ta’siri sababli xorijliklar miqdori kamaygan bo’lsada, qisqa muddatli tashrif buurganlarga qaraganda uzoq muddatga keluvchilar miqdori 1.8 foizga oshgan.

Qisqa muddat ya’ni 90 kundan kam muddatga tashrif buyurganlar asosan turistlar bo’lib, pandemiya tarqalishi sabab ularning miqdori 30 foizga kamayib ketdi. 2010-yilda jami chet elliklar soni birinchi marta bir millionlik nuqtadan o’tganidan so’ng, 2016-yilga kelib 1,5 millionlik chegaradan oshishga erishdi. Yosh toifasi bo’yicha esa 30 yoshdan oshgan xorijliklar miqdori eng ko’p bo’lib, 27 foizni tashkil qiladi.

Fuqaroligi bo’yicha esa kuchli beshlikda Xitoyliklar 978 mingdan ortiq, Vyetnamliklar 219 mingdan ortiq, Amerikaliklar 145 mingdan ortiq, O’zbeklar 73 mingdan ortiq va Ruslar 56 mingdan ortiq, bugungi kunda ushbu davlatda yashab kelmoqdalar. Koreyadagi hududlar kesimida Kyongi-do provinsiyasi eng ko’p chet elliklarni o’ziga jalb qilishgab erishgan bo’lib, hozirda umumiy migrantlarning 32,8 foizi aynan shu hududda istiqomat qilmoqda. Keyingi o’rinlardan esa Janubiy Kyongsang, Inchon, Janubiy Chungchong hududlari o’rin olgan.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!