Koreyada ta’lim olish istagida bo’lgan O’zbekiston fuqarolari uchun yangiliklar

Joriy yilning 1- maydan boshlab Koreya elchixonasi O’zbekistonlik talabalar uchun beriladigan D-2 va D-4 vizalarini olish talablarini qiyinlashtirmoqda.

“Talabalar orasida noqonuniy muhojirlar sonining keskin oshib ketishi sababli viza hujjatlariga quyidagi o’zgarishlar kiritildi.

Bank depozit hujjatlari:

Bakalavr, magistr va PhD uchun 20,000$ lik ddepozit bank hisobraqamida kamida 3 oy davomida turgan bo’lishi shart.

D-4 viza – til kurslari uchun KDB Bankdagi hisobraqamda 3 oy davomida turgan bo’lishi shart.

Agar bank ma’lumotnomasida depozitning saqlanish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lsa boshqa banklardan olingan ma’lumotnoma ham qabul qilinishi mumkin.

Ota-onasi daromadlari haqida ma’lumot

Ota-onasi rasmiy ish joyidan ma’lumotnoma (ingizchaga tarjima ilingan bo’lishi va berilgan tashkilot telefon raqamlari ko’rsatilgan bo’lishi shart)
Ota-onasining bankkartalari hisobraqamlaridagi pul kirim-chiqimlari haqida ma’lumotnoma yoki shasiy molk-mulkka egalik haqida ma’lumotnoma

Hujjatlarni Elchixonaga qayta topshirish,
Viza berilmagandan holatda, berilmagan kundan boshlab 3 oy davomida qayta hujjat qabul qilinmaydi

Tilni bilish sertifikati

Koreys tilida o’qiydiganlar uchun: kollej uchun TOPIK 3, universitet uchun TOPIK 4 va undan yuqori.
Universitetlar tomonidan O’zbekistonda o’tkaziladigan boshqa imtihonlar natijasi qabul qilinmaydi!

Ingliz tili bo’yicha bakalavr, magistr, PhD: eng kamida IELTS 5.5, TOEFL 530, yoki TOEFL IBT 71 sertifikati ham qo’shimcha topshiriladi. Sertifikating haqiqiyligi elchixonada tekshiriladi.”
-deb xabar beradi Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi.

Manba: overseas.mofa.go.kr (Janubiy Koreya elchixonasining rasmiy sayti)

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!