Noqonuniy ravishda Koreyada boʻlib turgan fuqarolar uchun xabarnoma

Koreya hududida noqonuniy ravishda boʻlib turgan fuqaro, oʻz ixtiyori bilan 2020 yilning 30 iyunigacha boʻlgan davrda Koreya davlatini tark etsa, u jarimalardan ozod etiladi va keyinchalik qisqa muddatli S-3 vizasi bilan Koreyaga kirish imkoniyatiga ega boʻladi (qolish muddati 90 kun).

Fuqaro oʻz ixtiyori bilan 2020 yilning 1 iyulidan boshlab 3 oy davomida Koreya davlatini tark etsa, u belgilangan jarimaga 30% qoʻshimcha miqdorda jarima toʻlashi lozim, agar 3 oydan keyin tark etsa 50% qoʻshimcha miqdorda jarimaga tortiladi.

Joriy yilning 1 martidan boshlab, agar noqonuniy ravishda boʻlib turgan fuqarolar Immigratsiya xizmati tomonidan ushlangan taqdirda, noqonuniy boʻlgan muddat uchun belgilangan jarimani toʻlaydi va ularga nisbatan Koreya davlatiga 6 oydan 1 yilgacha kirish taʼqiqlanadi. Jarima toʻlanmagan taqdirda, Koreya davlatiga qayta kirish umuman taʼqiqlanadi.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Koreya Immigratsiya xizmatiga 1345 (12# qisqa raqam) raqamiga qoʻngʻiroq qilib batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Manba: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!