Janubiy Koreyaga yashash uchun ilk marta tashrif buyurgan insonlar uchun kutilmagan bo’lishi mumkin bo’lgan oddiy kundalik holatlar

Janubiy Koreyaga yashash uchun ilk marta tashrif buyurgan insonlar turli xil kutilmagan holatlarga duch kelishadi. Matador Network internet portali ushbu davlatga tashrif buyurishdan avval xorijliklar bilib qo’yishi zarur bo’lgan ba’zi bir ma’lumotlarni o’z sahifasida chop etdi. Demak ular quyidagilar:

 

Gigiena qoidalariga qat’iy amal qiladigan koreys xalqi xojatxona qog’ozlarini jamoat birday foydalanishi uchun xojatxona ichkarisiga olib kirib qo’ymaydi. Yoki tashqariga qo’yiladi yoki umuman qo’yilmasligi ham mumkin. Hamma o’zi bilan kerakli miqdorda maxsus gigienik qog’oz paketlarini olib yuradi.

 

Ko’plab koreyslar it go’shtini umuman tanovul qilmasligi va bu yomon odat ekanligini ta’kidlashadi. Biroq, bu degani umuman it go’shti iste’mol qilinmaydi degani ham emas. Ba’zi fermalarda maxsus it go’shti ham yetishtiriladi.

 

Karaoke, koreys tilida “norebang” deb nomlanuvchi jamoat joylarida ko’plab koreyslar bo’sh vaqtini o’tkazishni xush ko’rishadi. Mikrofon, qulay o’rindiq, taomlar va musiqa jihozlari bilan ta’minlanadigan ushbu maskanlarda doimo mijozlar gavjum.

 

To’g’ridan to’g’ri vodoprovod jo’mraklaridan keluvchi suvni tibbiy jihatdan ichish mumkin bo’lsada, ko’plab koreyslar bunday qilishmaydi. Aholi suv 100 foiz toza bo’lishiga qaramay yoki uni qaynatib ichishadi yoki maxsus idishlarda filterlangan suv sotib olishni ma’qul ko’rishadi.

 

Koreyslar shaxsiy savollarni hech xijolat tortmay berishni odat qilishgan. Vazn haqidagi, yosh haqidagi savollar oddiy hisoblanib, bu masalada ular suhbatdoshga qiziqish bildirganliklari yoki yaqin bo’lishni xohlaganliklarini sabab qilib ko’rsatishadi.

 

Hammaga bir xil mos keluvchi razmer belgisi bilan sotiluvchi kiyim kechaklar mavjud bo’lib, biroq haqiqatda ham ushbu kiyimlar hammaga birday mos kelmaydi. Faqatgina ozg’in koreyslar uchun mos kelib, aholining ko’p qismi deyarli bir xil razmerda kiyinadi.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!