Koronavirus karantinidan charchagan Koreya aholisi dam olish uchun tog’larga yo’l olishmoqda

Koronavirus tufayli karantinda yashab, endilikda izolyatsiya qoidalari yengillashishi bilan Koreya aholisi ochiq havoda sayohat qilish maqsadida tog’larga otlanishdi va ushbu hududlar har doimgidan ko’ra gavjum bo’lib ketdi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. Ehtiyotkorlik qoidalariga rioya qilgan holda yoqimli iliq bahor havosida “kemping” ya’ni palatka o’rnatib tabiat bag’rida piknik uyushtirish ommalashib bormoqda. Ayniqsa dam olish kunlarida ko’plab oilalar bunday turdagi dam olish usulini ma’qul ko’rishgan.

Kangwon provinsiyasidagi Hongcheon lagerida 30-aprel sanasida 50 ga yaqin palatkalar o’rnatilib, ushbu joylar avvaldan band qilib qo’yilgan edi. Bir kunda bunchalik ko’p mehmonning tashrifini lager egasi ham kutmagan bo’lib, o’tgan yili ta’til vaqtida xorijda sayohat qilgan koreyslar ham bu yil mamlakat ichida shu kabi dam olish usullaridan foydalanishi ham tabiiy jarayon hisoblanadi.

O’zini virusdan qattiq himoya qilishga qaror qilganlar esa avtomobillari vositasida kemping dam olishiga chiqishga qaror qilishgan. Bundan tashqari sayrga chiqqanlar orasida palatka o’rnatmay tog’ga piyoda ko’tarilish orqali dam olish usulini tanlaganlar ham ko’p bo’lib, misol uchun o’tgan hafta dam olish kunlari Seul shimolidagi Bukhansan tog’iga chiqqanlar 44 foizga oshganligi kuzatildi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!