Janubiy Koreya hayotidan kundalik yangiliklar

Koreya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli o’z ishlarini yo’qotgan yollanib ishlovchilarga moliyaviy ko’mak berish uchun 1,5 trillion won (1,2 mln dollar) miqdorida byudjetdan mablag’ ajratdi. Doimiy tarzda ishlamaydigan ishchilar 1,5 million won miqdorida ushbu yordamdan ko’mak olishlari mumkin.

COVID-19 sababli butun mamlakat bo’ylab 40 foiz ishchilarning har oylik maoshlari qisqartirilgani ma’lum bo’ldi. Natijada ular bankda saqlanayotgan omonat mablag’lariniu olishga yoki bankdan qarz olishga majbu bo’lishmoqda.

Koreya Madaniyat, sport va turizm vazirligi ma’lum qilishicha mamlakat miqyosida 20 ta maktabda tanlov asosida koreys milliy kiyimi “hanbok” uslubida tikilgan maktab formalari joriy qilinadi. 53 dan ortiq dizaynlar orasidan tanlab olingan ushbu formani olish uchun o’quvchilarga 300 ming won miqdorida mablag’ beriladi.

Samsung kompaniyasi rahbari Li Je Yong ma’lum qilishicha o’zidan keyin kompaniya boshqaruvini merosxo’rlik an’anasi bo’yicha farzandlariga qoldirmaslikka qaror qilgan.

Kyongi-do provinsiyasi Yongin shahrida yashovchi 29 yoshli koreys yigiti koronavirus bilan tashxis qo’yilganidan avval Itewon hududidagi tungi klubga tashrif buyurgani ma’lum bo’ldi. Yuzlab insonlar ham tashrif buyurgan ushbu klubda boshqalarga ham virus yuqqan bo’lishi mumkinligi tibbiyot xodimlarida xavotir uyg’otgan.

Karantin qoidalari bir qadar yumshatilishi ortidan tashqariga dam olish uchun otlangan koreyslar o’z sog’lig’idan xavotir olib, mehmonxonalard emas o’zlarining avtomobillarida tunab qolishni ma’qul ko’rishmoqda. Transportda tunab qolishga mo’ljallangan maxsus yig’ma yotoqlar va palatkalar savdosi keskin ko’tarilgani ham buni tasdiqlab turibdi.

Seul shahar transport agentligi nogironlar aravachasida harakatlanuvchi yo’lovchilarni avtobusga olishdan bosh tortgan haydovchilar o’z litsenziyasidan mahrum qilinishini ma’lum qildi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!