Koreyaning ba’zi hududlarida davom etayotgan sharros yomg’irlar va suv toshqinlari noqulaylik keltirib chiqarmoqda

Janubiy Koreyaning eng yirik 5-shahri bo’lgan Tedjon shahrida yuz bergan kuchli yomg’ir natijasidagi suv toshqinlari oqibatida yuzlab uylar va avtomobillarni suv bosib, ikki nafar shaxsning umriga zomin bo’ldi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. Sharros yomg’ir Janubiy Chungchong, Shimoliy Cholla provinsiyalari va Tedjon shahrida 30-iyul tongida boshlanib, mahalliy hukumat parklar va daryo bo’yidagi avtomobil to’xtash joylarini berkitib qo’yishga majbur bo’ldi. Ushbu hududlar atrofida yomg’irlar juma kuni ham davom etib, keyingi haftaga qadar saqlanib qoladi deb xabar qilindi.

Bugun ertalab Tedjon shahar Munhwa-dong tumanida soat 4.00 dan boshlab bir soat ichida 80mm miqdorida yomg’ir yog’ib o’tgan va 28 ta uy-joylarning yerto’lasini suv bosib ketdi. 50 dan ortiq avtomobil ham butunlay suv ostida qolib ketdi. 80 nafar mahalliy aholi qayiqlar yordamida qutqarib olindi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi KTX va SRT poyezdlari Tedjon atrofidagi temiryo’lni tuproq qoplab olgani uchun harakatdan to’xtab qolgan. Mamlakat bo’ylab kuchli yog’ingarchiliklar davom etmoqda.


 

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!