Koreyada o’z ishi joniga tekkan bo’lsa ham ishchilar nima uchun ish joyini tashlab ketmaslikka qaror qilishi aniqlandi

Janubiy Koreyada mehnat qiluvchi har beshta ishchining uchtasi ishdan bo’shashni niyat qilganda oxir oqibat o’sha ishda qolishga qaror qilishdan o’zga iloji qolmaydi deb xabar qiladi Chosun Ilbo internet yangiliklari sayti. Job Korea portali tomonidan o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra 35 foiz qatnashuvchilar o’z ishidan bo’shashga qat’iy qaror qilgan bo’lib, qolgan 65 foizga yaqin ishchilar esa avvalgi ishda qolishdan boshqa yo’lni ko’rmaganliklari ma’lum bo’ldi.

O’z ishiga amallab chidab keladiganlar, yoshi o’tgani sari yoki ko’proq mablag’ ishlab topgani sari ishlarini tashlab ketishga qat’iyati yetmasligini ma’lum qilishgan. Ayniqsa, yosh toifalari bo’yicha yoshi ulg’ayib borgani sari ishchilar o’z ishlaridan bezor bo’lishi ortib borishi aniqlangan. Ajablanarlisi shundaki, lavozimi yuqori bo’lgan ishchilar orasida o’z ishlari jonga tekkani ko’proq kuzatilgan. O’z ishini hech ikkilanmay o’zgartirish va tashlab ketish hollari esa yoshlar va lavozimi past xodimlar orasida ko’proq uchraydi.

Ishni tashlab ketish qaroridan voz kechish sabablari sifatida esa 41.4 foiz ishchilar noaniq kelajak, 39.3 foiz ishchilar yana ozroq tajriba to’plash va 39 foiz ishchilar esa ishni o’zgartirishda duch keladigan qiyinchiliklarni asos qilib keltirishgan. Yana 10,1 foiz ishchilar esa ishni tashlab ketmasligiga sabab qilib boshliqlarining maoshni oshirish, lavozimni ko’tarish kabi va’da berganligini ta’kidlashgan.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!