Janubiy Koreyada nolegal chet elliklarni ushlash bo’yicha reydlar vaqtincha to’xtatib turiladi

Janubiy Koreya hukumati COVID-19 pandemiyasidan fuqarolarni samarali himoya qilish maqsadida mamlakat hududida bo’lib turgan noqonuniy migrantlarni ta’qib qilish uchun o’tkaziladigan reydlarni vaqtinchalik to’xtatib turishga qaror qildi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. O’zining nolegal statusi sababli kasallik belgilari mavjud bo’lsa ham deport bo’lishdan qo’rqib kasalxonaga bormaydigan migrantlar kasallikning yana tarqalib ketishiga sababchi bo’lib qolmasligi uchun ham shunday yo’l tutilmoqda.

Virusni aniqlash testini o’tkazish uchun uysiz yoki chet elliklar ham yoppasiga tekshiruvdan o’tkazilib, ularning shaxsiy ma’lumotlari tibbiy tashxis jarayonida talab qilinmaydi. Ayniqsa, noqonuniy migrantlar ko’p istiqomat qiladigan hududlarda to’liq karantin qoidalariga rioya qilish uchun ommaviy testlar amalga oshiriladi. Hozirda 380 mingdan ortiq nolegal chet elliklar Janubiy Koreyada yashab kelmoqda

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!