Kyongi-do provinsiyasi mahalliy hukumati koronavirus sababli barcha doimiy yashovchilarga 100 ming wondan moddiy yordam to’lab berishga qaror qildi.

Janubiy Koreyaning Kyongi-do provinsiyasi mahalliy hukumati aprel oyida o’z hududida yashovchi barcha doimiy yashovchilariga koronavirus sababli iqtisodiy ahvolini yashilab olish uchun 100 ming won (79 dollar atrofida) dan bir martalik moddiy yordam berishga qaror qildi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. Ushbu qaror bilan mazkur provinsiya Koreyada barchaga moddiy yordam beruvchi birinchi viloyat bo’lmoqda, qolgan hududlar esa moddiy ahvoli past bo’lgan fuqarolarga yordam berishni va’da qilgan xolos.

Ushbu mablag’lar kartalarga o’tkazib berilib, uch oy ichida sarflanishi lozim va ushbu maqsadlar uchun 1,36 trillion won mablag’ ajratib berilgan. Bugungi kunda Kyongi-do provinsiyasida 13 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Markaziy hukumat esa bu dasturni butun mamlakat bo’ylab joriy qilishga moliyaviy qudrat yetarli emasligini asos qilmoqda. 13-mart sanasida esa Chonju shahri hukumati har bir kam ta’minlangan oila a’zolariga 527 ming wondan moddiy yordam bergan va uning ortidan Tegu shahri ham shunday qarorga kelgan edi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!