Koreya fuqarolari uchun «Baxt» tushunchasi aynan nimalarda aks etgan?

Janubiy Koreya fuqarolari orasida o’tkazilgan so’rovnoma va tadqiqot natijalariga ko’ra har 10 ta koreysning uchtasi uchun “baxtli inson” tushunchasi oila va farzandlar bilan hayot kechirishda ekanligi aniqlandi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. Koreya Sog’liq va ijtimoiy masalalar instituti tomonidan amalga oshirilgan so’rovnomada 31 foiz respondent aynan shunday tarzda baxt tushunchasini tasavvur qilishi oydinlashgan.

Keyingi o’rinlarda esa baxtli bo’lishning quyidagi jihatlari – “sog’lom bo’lish” 26 foiz, “boy va mashxur bo’lish” 12,7 foiz, “o’z qobiliyati va mahorati orqali band bo’lish” 10,4 foiz, “bo’sh vaqtda rohatlanish” 7,6 foiz, “farzandlarni yaxshi ta’lim ko’rishi” 6,5 foiz, “ko’proq o’rganish va shaxsiy rivojlanish” 3,7 foiz, “jamiyatga hissa qo’shish” 0,9 foiz, “yaxshi diniy hayot tarzini olib borish” 0,9 foiz va boshqa faktorlar qayd etilgan. Daromadi quyi, o’rta va yuqori bo’lgan barcha aholi toifasida ham aynan oila faktori baxlilikning eng muhim shartlaridan biri ekanligi alohida diqqatga sazovor jihatlardan biri deb hisoblanmoqda.

Siz uchun “baxt” tushunchasi nimani anglatadi?

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!