Koreyada yolg’iz yashovchi insonlar miqdori 8,5 millioni tashkil qilib, bu ko’rsatkich yildan yilga oshib bormoqda.

Oxirgi 10 yil ichida Janubiy Koreyada nikohlar soni kamayib, ajrimlar miqdori oshishi, tug’ilish darajasi tushib ketishi va qariya fuqarolar soni ortib borishi sababli yolg’iz yashovchi insonlar soni keskin ko’payib bormoqda deb xabar qiladi Korea Herald internet nashri. Bugungi kunda jami 22,5 million ro’zg’ordan 8,5 million ro’zg’or yolg’iz yashovchi insonlardan iborat bo’lib, jami oilalalarning 37,9 foizini tashkil qilmoqda.

Ayniqsa poytaxt Seulda yolg’iz yashovchi insonlar soni ko’proq bo’lib, har beshta ro’zg’orning 2 tasi ya’ni 40 foizi faqatgina bir kishida iborat tarzda hayot kechirmoqda. Tadqiqot natijalariga ko’ra yolg’iz yashovchilar nafaqat yoshlar va o’rta yoshlilar orasida balki qariyalar orasida ham urfga aylangan. Yolg’izlikda hayot kechiruvchilar soni bo’yicha keyingi o’rinlarda Tedjon, Pusan, Kwangju, Tegu va Inchon shaharlari yetakchilik qilmoqda. Qishloq hududlarida turmush o’rtoqlarini yo’qotgan qariya ayollarning farzandlari yashash uchun shaharlarga ko’chib ketishi holati eng ko’p tarqalgan bo’lib, Kyongido provinsiyasida yolg’iz yashovchilar miqdori nisbatan kamroqni tashkil etadi.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!