Janubiy Koreyada jamoat joylariga tashrif buyuruvchilarni pandemiyani jilovlash maqsadida ro’yxatga olishda turli noroziliklar kelib chiqmoqda

Janubiy Koreya hukumati tomonidan koronavirus tarqalishi xavfini jilovlash maqsadida joriy qilingan tashrif buyuruvchilarni jamoat joylarida majburiy tarzda ro’yxatdan o’tkazish tizimi insonlarning shaxsiy ma’lumotlariga daxl qilmoqda deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Kafe, restoran, teatr va boshqa odamlar to’planadigan joylarda tashrif buyurganlar shaxsiy ma’lumotlari yozib olinib, agarda ushbu joyda virus aniqlansa tashrif buyurganlar ro’yxati bo’yicha tezkorlik bilan kasallikni jilovlab olish imkoniyati mo’ljal qilingan.

 

Barcha tashrif buyuruvchilar o’zlarining shaxsiy ma’lumotlari, jumladan ism-sharifi, kelgan vaqti, telefon raqami kabi ma’lumotlarni taqdim etib, ushbu ma’lumotlar QR kod tizimi orqali yoki oddiy qo’lda yozish usulidan foydalanib to’ldirilmoqda. Amalda esa ko’p hollarda bu kabi ma’lumotlar shunchaki qog’ozga yozib qo’yilishi ko’p uchraydi. Mijozlar esa shaxsiy ma’lumotlardan noto’g’ri maqsadlarda foydalanish ehtimolidan norozi bo’lishgan. Bundan tashqari qo’lda to’ldirilgan ma’lumotlardan foydalanish uni tushunib olishda bir qator muammolarga ham olib kelishi mumkin. Shuningdek, bitta qog’oz va ruchkadan tashrif buyuruvchilar ommaviy foydalanishi ham virus yuqishi ehtimolini kuchaytirib yuboradi.

 

Qoidaga ko’ra bu kabi ma’lumotlar mijozlarning o’zi tomonidan emas, maxsus xizmatchi tomonidan to’ldirilishi va 4 hafta davomida saqlanganidan so’ng yo’q qilinishi lozim. Qolaversa xizmatchi ushbu ma’lumotlarni ID karta bilan bir xil ekanligini shaxsan tekshirishi ham shart. Shaxsiy ma’lumotlardan pandemiyani jilovlash maqsadidan boshqa yo’llarda foydalanish 50 million won (42 ming dollar) jarima solinishiga sabab bo’ladi.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!