Janubiy Koreyada endilikda qaysi maskanlar karantidan ozod etilishi kutilmoqda?

Janubiy Koreyada COVID-19 tarqalishi pasayishi sababli hayot tarzi normal holatga qaytmoqda deb xabar qiladi Korea Herald internet nashri. Maktablar o’quvchilarni qabul qilishga tayyor, muzeylar va kutubxonalar ham qayta ochilishga tayyorgarlik ko’rmoqda, beysbol va futbol ligalari ham shu haftadan yangi mavsumni boshlaydigan bo’lishdi. Biroq, ushbu virus bilan kurash hali to’liq yakun topmagani ehtiyotkorlik choralarini ko’rishni taqozo etmoqda.

Hozirda aniqlanayotgan virus holatlari asosan xorijdan kelgan insonlarda uchrab, mahalliy aholi orasida deyarli kuzatilmayapti. 13-mayda yuqori sinf o’quvchilari, 20-maydan o’rta sinf o’quvchilari va 27-maydan esa kichik sinf o’quvchilari ham o’quv dargohlariga ta’lim olish qaytishi belgilab qo’yildi. Katta yig’inlar va jamoaviy tadbirlarga karantin talablariga to’liq rioya qilish shartlari bilan ruxsat beriladi. Sekin asta milliy bog’lar, stadionlar, teatrlar va galereyalar ham qayta ochilishi boshlanadi.

Ushbu qoidalar yengillashtirlishiga sabablardan yana biri bu Koreyada 15-aprel sanasida o’tkazilgan parlament saylovidan so’ng ushbu ommaviy to’planishlar natijasida unga aloqador bo’lgan koronavirus holati qayd etilmagani ham turtki bo’ldi. Masofaviy saqlanish qoidalariga ko’ra endilikda ishchi kasal bo’lib qolganida 3-4 kun ishga chiqmasligi, 37,5 gradusdan oshiq isitmasi bo’lganida tashqariga chiqmasligi, xorijdan kelgan bo’lsa qat’iy karantinda saqlanishi, niqob taqib yurishi, qo’llarni tez-tez yuvib turishi, xonani kuniga ikki marta shamollatishi va boshqalarda 2 metr masofa saqlashi kabi qoidalarni bajarsa normal hayot tarziga qaytgan hisoblanadi deb aytilmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!