Janubiy Koreyada farzandlarga ism va familiya tanlash an`anasida o`zgarishlar yuz bermoqda

Koreya Adliya vazirligi yangi tug’ilgan farzandlar uchun avtomatik tarzda otasining familiyasi berilishi bo’yicha qonunni qayta ko’rib chiqishni boshladi deb xabar qiladi Chosun Ilbo internet yangiliklar nashri. Oila qonunchiligida ota rolining birinchi raqamga chiqib ketishini tartibga solish va teng huquqlilikni ta’minlash zaruratidan shunday qarorga kelingani aytilmoqda. O’zgartirishdan so’ng ota-ona kelishuv asosida farzandiga familya berish masalasini hal qilib olishadi. 1958-yilda ota familyasi farzandga berilishi tizimi joriy qilingan bo’lsa bugungi davr sharoitiga kelib ushbu jarayon o’zgarishni talab qilmoqda.

Ko’plab rivojlangan g’arb davlatlarida ham farzandga familiya berilishida ixtiyoriylik tanlovi amal qiladi. Mashxur koreys familiyalari jumlasiga Kim, Park va Li kabi familiyalar taalluqli bo’lib, oxirgi besh yil ichida o’g’il bolalar uchun Min Jun va qiz bolalar uchun Seo Yon ismlari keng ommalashib bormoqda. Bundan tashqari ko’plab koreys oilalari farzandi uchun xorijda oson talaffuz qilinadigan ismlarni ham tanlashga qaror qilishmoqda. Odatda koreys ismlari ikki bo’g’inli bo’lib, an’anaviy tabiat elementlari suv, olov, temir, tuproq va yog’och ma’nolarini beruvchi nomlardan tashkil topadi. Shuningdek, farzandga ism tanlashda oilada farzandning bobosi asosiy rolga ega bo’lib, qolgan farzandlarga ham bir bo’ginli ismlar qo’yiladi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!