Janubiy Koreyaning eng yirik onlayn savdo-sotiq kompaniyalaridan biri bo’lgan Coupang o’z mijozlari sog’lig’i uchun barcha choralarni ko’rmoqda

Janubiy Koreyaning eng yirik onlayn savdo-sotiq kompaniyalaridan biri bo’lgan Coupang barcha qadoqlangan mahsulotlarni to’liq dezinfeksiyalashga qaror qildi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. Mahsulotlar dastlab kompaniya omborxonasida, undan so’ng mijozning uyi eshigi oldiga yetkazib berilganida qutilar maxsus suyuqlik spreyi bilan dezinfeksiya qilinadi. Bundan tashqari kompaniya ishchilarining mobil telefonlariga maxsus ogohlantiruvchi dasturlar ham o’rnatilib, posilkalarni yetkazib berishda ularni albatta dezinfeksiya qilish to’g’risida vaqti vaqti bilan ogohlantirib turadi.

Ma’lumki aynan Coupang kompaniyasi yetkazib beradigan tovarlardan virus infeksiyasi aniqlana boshlagach, mijozlarning sog’lig’i xavfsizligi uchun kompaniya maxsus choralar ko’rishga tezkorlik bilan kirishdi. Kompaniya mijozlari tovar buyurtma berganida hech qanday hadiksirash his qilmasligi uchun barcha amaliy harakatlarni ko’rishga va’da berdi. Shuningdek ushbu kompaniya tomonidan birinchi chorak bo’yicha 20 mingdan ortiq ish o’rinlari yaratilib, hukumat yordamidan mahrum bo’lgan ishchilari uchun 1 million wondan moddiy yordam mablag’i ham ajratib berdi

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!