Janubiy Koreyada maktab o’quvchilarining masofadan onlayn tarzda ta’lim olishi turli noroziliklarga sabab bo’lmoqda.Janubiy Koreyada koronavirus pandemiyasi sababli maktab o’quvchilarining ta’lim olishi onlayn shaklga o’tkazilgani oqibatida ta’lim sifati keskin tushib ketgani ota-onalar o’rtasida norozilik ug’otmoqda deb xabar qiladi Naver qidiruv agentligi. Shuningdek o’quvchilar ham dars mobaynida diqqatni jamlay olmaslik va chalg’ib ketishdan shikoyat qilishgan. Masofadan o’tilgan dars sifati yuzma-yuz ta’lim olishdan ko’ra pastroq bo’lishi ushbu noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari har bir maktab masofadan ta’limga turlicha yondashgani sababli tushunmovchiliklar ham paydo bo’lgan. Onlayn dars jarayonida o’quvchi xulq-atvorini nazorat qilish imkoni mavjud emasligi onlayn ta’limning eng katta kamchiliklaridan biridir. Hukumatga yuborilgan petitsiyada ham onlayn ta’limning YouTube dagi mustaqil ta’limdan farq qilmayotgani va uning sifatini yaxshilash lozimligi ta’kidlangan. O’qituvchilarning o’zlari ham onlayn ta’limga ijobiy munosabatda emas va yagona platform orqali masofaviy ta’limni yo’lga qo’yish ular vazifasini ancha yengillashtirishga umid qilishmoqda. 55 mingdan ortiq o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomada har 10 ta o’qituvchining 8 nafari onlayn ta’limni nomaqbul deb hisoblashgan.

Janubiy Koreyada koronavirus pandemiyasi sababli maktab o’quvchilarining ta’lim olishi onlayn shaklga o’tkazilgani oqibatida ta’lim sifati keskin tushib ketgani ota-onalar o’rtasida norozilik ug’otmoqda deb xabar qiladi Naver qidiruv agentligi. Shuningdek o’quvchilar ham dars mobaynida diqqatni jamlay olmaslik va chalg’ib ketishdan shikoyat qilishgan. Masofadan o’tilgan dars sifati yuzma-yuz ta’lim olishdan ko’ra pastroq bo’lishi ushbu noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari har bir maktab masofadan ta’limga turlicha yondashgani sababli tushunmovchiliklar ham paydo bo’lgan.

Onlayn dars jarayonida o’quvchi xulq-atvorini nazorat qilish imkoni mavjud emasligi onlayn ta’limning eng katta kamchiliklaridan biridir. Hukumatga yuborilgan petitsiyada ham onlayn ta’limning YouTube dagi mustaqil ta’limdan farq qilmayotgani va uning sifatini yaxshilash lozimligi ta’kidlangan. O’qituvchilarning o’zlari ham onlayn ta’limga ijobiy munosabatda emas va yagona platform orqali masofaviy ta’limni yo’lga qo’yish ular vazifasini ancha yengillashtirishga umid qilishmoqda. 55 mingdan ortiq o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomada har 10 ta o’qituvchining 8 nafari onlayn ta’limni nomaqbul deb hisoblashgan.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!