Janubiy Koreyaning yetakchi uchta kredit karta kompaniyalari mijozlar shaxsiy ma’lumotlarini noto’g’ri maqsadlarda foydalanganliklari uchun jarimaga tortildi

Janubiy Koreyaning yetakchi uchta kredit kartalarini yuritishga mas’ul bo’lgan Kookmin Card, Lotte Card va NongHyup Card kompaniyalari mijozlar shaxsiy ma’lumotlarini noto’g’ri maqsadlarda foydalanganliklari uchun jarimaga tortildi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. Mamlakat Oliy sudi 14-sentyabr sanasida ushbu kompaniyalarga “Shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish akti”ni buzganlik uchun 10 million wondan 15 million wongacha miqdorda jarima jazosi tayinladi.

 

2012-2013-yillar davomida mazkur kompaniyalar mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari, jumladan ularning ismi, ID karta raqamlari, telefon raqamlari va kredit karta raqamlari haqidagi ma’lumotlar uchinchi shaxslar, ya’ni boshqa kompaniyalarga ruxsatsiz taqdim etilgan. Ushbu ma’lumotlarni qo’lga kiritgan kompaniyalar ma’lum mablag’ evaziga ushbu ma’lumotlarni sotishgan. Jami bo’lib 40 milliondan ortiq shaxsning ma’lumotlari ruxsatsiz berib yuborilgani aniqlangan.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!