Janubiy Koreyada xususiy ta’lim akademiyasi o’qituvchisi COVID-19 ga chalinganini berkitgani uchun unga nisbatan 2 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin

Janubiy Koreya tergov politsiyasi, xususiy ta’lim akademiyasi o’qituvchisining COVID-19 ga chalinganini berkitgani uchun sudda ushbu shaxsga nisbatan 2 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini talab qilmoqda deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. 24 yoshli ushbu shaxs 9-may sanasida Seuldagi Itewon maskaniga tashrif buyurgan va o’sha yerda koronavirusni yuqtirib olgan. Biroq, sog’liqni saqlash muassasalaridan o’zining kasbini va Inchondagi Michuhol Ward xususiy ta’lim maskanida dars berishini yashirishga uringan.

 

Shundan so’ng ushbu o’qituvchi sport zali va qahvaxonaga ham tashrif buyurib yana 80 nafar kishiga virusni yuqtirganligi uning aybini yana oshirmoqda. Shuningdek, u taksi haydovchisi va o’zining bir nechta o’quvchilariga ham kasallikni yuqtirishga ulgurgan. Sud jarayonida ko’z yoshlarini tiya olmagan ayblanuvchi o’z qilmishidan afsusda ekanini bildirgan va o’z joniga qasd qilishga ham uringanini tan olgan. Ayblanuvchining advokati esa ushbu holatda mijozi chuqur tushkunlikda ekani, bu qilmishning birinchi marta sodir etilgani sababli yengilroq jazo tayinlashni suddan iltimos qilgan.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!