Janubiy Koreyada yangi qabul qilingan qonun hujjatiga ko’ra ishlovchi ota-onalar 20 kungacha oilasiga g’amxo’rlik qilish uchun ta’til olish huquqiga ega bo’ldilar

Janubiy Koreya parlamenti Milliy Assambleya tomonidan qabul qilingan qonun hujjatiga ko’ra ishlovchi ota-onalar 20 kungacha oilasiga g’amxo’rlik qilish uchun ta’til olish huquqiga ega bo’ldilar deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. Avvalgi 10 kunlik ta’tilga qo’shimcha tarzda berilgan ushbu ta’til kunlari ayniqsa pandemiya sharoitida farzandlar uchun ko’proq vaqt ajratish yuzasidan yuqori ovoz to’plashga muvaffaq bo’ldi.

Natijada mamlakatda pandemiya bilan bog’liq jiddiy xavf yuzaga kelib, oila a’zolari kasallik bilan tashxis qo’yilganda, karantin qoidalari kuchaytirilganda ishchilar ta’tilni uzaytirishni so’rab ish beruvchiga murojaat qilishlari mumkin bo’ladi. Bir yilda pul to’lanadigan maksimum 10 kunlik ta’til miqdori oshirilishiga yana bir sabab bolalar bog’chalari va maktablar faoliyati tez-tez to’xtatib qo’yilishida ham yuzaga keldi. Mehnat vazirligi bergan ma’lumotga ko’ra 118 mingdan ortiq ishchilar, ya’ni ishchilarning deyarli 40 foizi ushbu 10 kunlik ta’tildan allaqachon foydalangan bo’lib, ularning ko’pi koronavirus bilan bog’liq. Agarda ish beruvchi mazkur ta’tilni bermaslikka qaror qilsa unga nisbatan 30 million won jarima qo’llanilishi mumkin.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!