Hid bilish yoki ta’m bilish qobiliyatining yo’qolishi koronavirus belgisi bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.

Koronavirusni yuqtirib olganlikning ilk belgilaridan biri hid bilish yoki ta’m bilish qobiliyatining to’satdan yo’qolishi yoki yomonlashishida namoyon bo’ladi deb ekspertlar tomonidan ta’kidlanmoqda deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Bu esa ushbu kasallikni erta bosqichlaridayoq aniqlash imkonini beradi. Ma’lumki koronavirus nafas yo’llarini birinchi navbatda zararlab, o’z navbatida o’pkaga havo oqimi kirishi qiyinlashgach ta’m bilish va hid bilishda muammolar paydo bo’lishni boshlaydi.

Janubiy Koreyada aniqlangan COVID-19 bemorlarining 30 foizdan ortig’ida aynan mana shundan kasallik belgilari kuzatilgan. Demak yo’tal, isitma yoki nafas qisishi simptomlari paydo bo’lmasidan avval ta’m bilish yoki hid bilish qobiliyati yomonlashishni boshlasa koronavirus bilan kasallanganlik ehtimoli bo’lishi mumkin. Jaxon Sog’liqni saqlash tashkiloti esa ushbu ma’lumotni sinchiklab o’rganib chiqmoqda.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!