Janubiy Koreya COVID-19 bilan kurash jarayonida 3 turdagi ijtimoiy masofa saqlash qoidalarini ishlab chiqdi

Janubiy Koreya COVID-19 bilan kurash jarayonida yanada samaradorlikka erishish maqsadida yangi turdagi 3 xil ijtimoiy masofa saqlash qoidalarini joriy etishga qaror qildi deb xabar qilmoqda Hankyoreh internet yangiliklari sayti. Birinchi darajadagi izolyatsiya kichik hajmdagi virus tarqalishi, ikkinchi turdagi izolyatsiya jamoaviy virus tarqalishi va uchinchi daraja esa keng miqyosda kasallik tarqalishi kabi darajalarga bo’lib chiqildi. Har ikki hafta ichida tashxis qo’yilgan bemorlar soni bo’yicha hududlarda qaysi darajadagi izolyatsiya turini joriy qilish masalasi ko’rib chiqiladi.

Hozirda butun mamlakat bo’ylab 1-darajali ijtimoiy himoyalanish amalda bo’lib, unga ko’ra odatiy ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatni davom ettirishga ruxsat etilib, majburiy niqob taqish va yuqori xavf guruhiga mansub bo’lgan jamoat joylariga tashrif buyurilganda keluvchilarni elektron ro’yxatga olish kabi choralar tadbiq etilgan.

2-darajali ijtimoiy himoyalanish holatida esa kuniga 50 tadan 100 nafargacha koronavirus bemori ro’yxatga olinganda joriy etilib, ushbu holat amalda bo’lgan paytda maktab, bog’chalar faliyati cheklanadi. Yopiq binolarda 50 kishidan ko’p bo’lgan va ochiq havoda 100 kishidan ko’p bo’lgan odamlar yig’ilishi ta’qiqlanadi. Jamoaviy tadbirlar, imtihonlar, to’ylar va dafn marosimlarida ham cheklovlar o’rnatiladi. Barlar, karaoke, o’quv markazlar faoliyati to’xtatib qo’yiladi.

3-darajali ijtimoiy himoyalanish holatida bir kun ichida mamlakatda 100-200 nafar bemor ro’yxatga olinsa, barcha maktab va bog’chalar faoliyati butunlay to’xtatilib, darslar onlayn tizimga ko’chiriladi. 10 kishidan ortiq insonning bir joyda to’planishi ta’qiqlanib, faqatgina dafn marosimlariga ruxsat beriladi. Restoranlar, savdo do’konlari va boshqa jamoaviy maskanlar kechki 21.00 dan keyin ishlashi to’xtaydi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!