Janubiy Koreyada pandemiya tufayli onlayn xaridlarni yetkazib berish koronavirus tarqalishiga hissa qo’shishidan xavotir paydo qilmoqda

Janubiy Koreyada pandemiya tufayli bugungi kunda internet orqali buyurtma qilingan xaridlarni yetkazib beruvchilar eshik oldiga qo’yib ketishi odatiy maqomga ega bo’lib bormoqda. Woowa Brothers, Delivery Hero va Coupang Eats kabi kompaniyalar hozirda o’z faoliyatining cho’qqisiga chiqib olishgan. Biroq, yetkazib berish xizmati aholi orasida koronavirus tarqalishiga ham bevosita sababchi bo’lib qolishidan xavotir oshgan deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Kompaniyalar esa ushbu xizmatchilar individual tarzda ish olib borishi va bir joyga to’planmasligi sababli ular virus tarqatuvchisi bo’lishi mumkin emasligini ishonch bilan ta’kidlab kelishadi.

 

Barcha yetkazib beruvchi xizmatchilar tibbiy niqob taqishi, 14 kunlik karantinga olinganlar ishlay olmasligi, har kuni ular tana harorati o’lchanishi kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Oxirgi ikki haftada virus tarqalishi tezlashgani sababli buyurtma beruvchilarning yarmidan ko’pi o’z xaridlarini eshik oldiga qoldirib qo’ng’iroqni chalib ketishlarini so’rashgan. Natijada ishchilar va mijozlar o’rtasida hech qanday kontak yuzaga kelmagan. Buyurtmani yuzma-yuz qabul qiladiganlar niqob taqmasalar yetkazib beruvchi xizmatchilar o’zlarini masofada saqlashga harakat qiladilar. Shuningdek buyurtmalar oshib ketgani ortidan ko’plab yetkazib berish kompaniyalarida ishchi xizmatchilar tanqisligi kuzatilgan. Bitta yetkazib beruvchi bir soatda 6-10 ta buyurtmani yetkazib berishi natijasida ish hajmi ortib, vaqtida buyurtmalarni olib kelishda ham muammolar kuzatilgan.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!