Janubiy Koreyada iqlimning global isishi natijasida hasharotlar muammosi paydo bo’lmoqda

Janubiy Koreya iqlimning global isishi ortidan hasharotlar bosib ketishi muammosi bilan yuzma-yuz turibdi deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Seulning bir qator parklarida shu yilning iyul oyida minglab turdagi hasharotlar daraxtlar, yo’llar, o’rindiqlar va xattoki kameralarga ham o’rnashib olib, tashrif buyuruvchilarga yaxshigina boshog’riq bo’lishga ulgurdi. Ba’zilar uchun bu ajoyib manzara bo’lsada, ba’zi insonlar uchun esa haqiqiy jirkanish hissini uy’gotmoqda. Dronlar yordamida hasharotlarni yo’q qilish uchun turli xil kimyoviy dorilar sepilgan bo’lsada, bu insonlar sog’lig’iga ham zarar keltirishi norozilik keltirib chiqargan.

 

Bu yil qish faslining issiq kelishi ortidan hasharotlar qo’ygan tuxumlar yaxshi saqlanib, bahorda ularning katta qismi tuxumni ochib tabiat bag’riga chiqishga muvaffaq bo’lganlar. Tabiatda muvozanat buzilishiga shuningdek inson omili ham sababchi bo’lib, hasharotlar bilan oziqlanuvchi ko’plab jonivorlarning qirilib ketayotgani ham bunga olib kelmoqda. Shaharlarda katta hajmda qurilish ishlari olib borilishi ortidan hasharotlar yashashi va tuxum qo’yishi uchun parklarga ommaviy tarzda oqib kelishi aniqlangan. Iqlimning tobora ilib borishi ortidan esa hasharotlar qishning iliq havosida ham jon saqlab qolib, ko’proq tuxum qo’yishga harakat qilishi bahor va yoz oylarida ularning soni aql bovar qilmas darajada o’sib ketishiga sabab bo’lmoqda.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!