Janubiy Koreyaning Puchon shahri mahalliy hukumati barcha xorijliklarga, shu jumladan noqonuniy migrantlarga ham noddiy yordam berishga qaror qildi

Janubiy Koreyaning Puchon shahri mahalliy hukumati koronavirus pandemiyasi sababli iqtisodiy jihatdan aziyat chekkan chet ellik fuqarolar, jumladan hujjatsiz migrantlarga ham moddiy yordam puli berishga qaror qildi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. Shahar ma’muriyati 29-aprelda ishlab chiqqan maxsus qarorga ko’ra koreys fuqarosi bilan turmush qurgan chet elliklar, doimiy yashovchi maqomiga ega bo’lganlar va boshqa barcha xorijliklar ham 50 ming won (41$) miqdorida bir martalik moddiy yordam olish huquqiga loyiq deb topildi.

Shahar meri ta’kidlashicha, chet elliklar ham boshqa barcha mahalliy fuqarolar bilan teng huquqqa ega bo’lib, ularni kamsitmaslik lozim. Avvalgi qarorda esa F-5 va F-6 viza egalaridan tashqari boshqa chet elliklar moddiy yordam rejasidan chiqarib yuborilgan bo’lib, oxir oqibatda esa xattoki hujjatsiz migrantlar ham ushbu ro’yxatga kiritildi. Pandemiyadan qiynalganlar orasida ayniqsa nolegal chet elliklarning ko’pligi alohida inobatga olingan.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!