Seul aholisi soni mamlakatning barcha aholisini qo’shib hisoblaganda ham undan ko’p bo’lishi kutilmoqda

Ma’lumki, Koreya poytaxti Seul shahrida yashovchi aholi soni juda gavjum bo’lib, mamlakat tarixida birinchi marta bitta shahar aholisi butun Janubiy Koreya aholisi sonidan ortib ketishga yaqin turibdi deb xabar qilmoqda Chosun Ilbo internet nashri. Koreya Statistika qo’mitasi bergan ma’lumotga muvofiq, poytaxtga ko’chib kelish miqdori kamaya boshlagandan beri, 2017-yildan keyin Seul aholisi soni yana osha boshlagan edi.

Agarda o’sish ko’rsatkichlari shu tarzda davom etsa, shu yilning o’zidayoq Seul aholisi soni 25,9 millionga yetib, mamlakatning qolgan hududida yashovchi barcha aholi sonini (25,8 million) qo’shib hisoblaganda ham undan yuqori bo’ladi. 2070-yilga kelib Seul aholisi 19,8 millionga kamayib ketib, o’sha paytda qolgan hududlarda yashovchi aholi soni esa 17,9 millionni tashkil etishi kutilmoqda. Poytaxtda aholi soni oshib borishiga esa boshqa hududlarda ish topishda turli xil qiyinchiliklarni keltirib chiqargani sabab bo’lmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!