Seulning trend savdo do’konlari faoliyati pandemiya sababli og’ir ahvolni boshidan kechirmoqda

Seulning qimmatbaho trend do’konlari koronavirus pandemiyasi sababli yopilib ketishga yaqin turibdi deb xabar qiladi Chosun Ilbo internet nashri. Ayniqsa markaziy Itewon va Sinchon tumanlari hududida joylashgan, bir paytlar o’ta gavjum bo’lgan hashamatli do’konlarga aholi tashrif buyurmay qo’ygani shunga sabab bo’lgan. Ushbu hududlarda joylashgan va bo’shab qolgan do’konlar deyarli 30 foizga ko’paygan va bu degani har uchta do’konning biri ishlamay qolgan.

Bundan tashqari, Sinchondagi Ewha Womans Universiteti atrofi, Gangnam tumani, Apgujeong-dong va Sinsa-dongda joylashgan va xorijliklar orasida ommalashgan savdo do’konlari bo’shab qolgan. Ijara to’lovlarini to’lash kechiktirilganiga qaramay, mijozlar tashrifi kamayib ketishi oqibatida ko’plab savdogarlar amallab zo’rg’a faoliyat korsatishda davom etishmoqda. Eshiklarga “ijaraga beriladi” degan yozuvlar ilib tashlangan bo’lsada, uni iajaraga olib ishlatishga qodir bo’lgan ijarachilar topilmayapti. Ba’zi binolar egalari chegirmalar asosida yoki butunlay bepulga binoni ijaraga berishni taklif qilayotgan sharoitda ham, baribir bu kabi do’konlar faoliyati pandemiyaga qarshi vaksina topilmaguncha avvalgi holiga tiklanishi qiyin deb taxmin qilinmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!