Koreyada hududlarning shovqin darajasini real vaqt rejimida ko’rsatib turuvchi maxsus onlayn xarita ishga tushirildi

Janubiy Koreyada hududlar bo’yicha shovqin darajasini onlayn xarita orqali aniqlash va kuzatib borish imkoniyati paydo bo’ldi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. Milliy shovqin ma’lumoti tizimining maxsus sayti – noiseinfo.or.kr orqali shovqin darajasini ranglar kesimida ko’rib chiqish mumkin. Onlayn xaritadan butun mamlakat bo’ylab 2000 mingdan ortiq shovqin monitorlari orqali shaharlardagi shovqin darajasini aniqlab olish imkoni mavjud.

Ayniqsa aholi gavjum hududlarda ya’ni Seoulning Yongsan tumani Itaewon-dong qismi va Gangnam tumani Apgujeong-dong qismida, shuningdek 14 ta aeroportlar hududidagi monitorlarga alohida e’tibor berilgan. Ushbu xaritada shuningdek avtomobil, poezdlardan chiquvchi shovqinlar ham inobatga olinadi. Shovqinlar jami bo’lib 7 ta toifaga ajratilib, nol detsibel eng past va 73+ detsibel eng yuqori sifatida ajratilgan. Shovqin darajasi avtomatik tarzda yangilanib boriladi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!