Fuqarolarning karantinga olinish manzili ma’lumotnomasi haqida e’lon

Joriy 2020-yilning 29-iyun kunidan boshlab
Asiana Airways va boshqa aviakompaniyalardan foydalanib,
Toshkent-Inchon yo’nalishida uchishni rejalashtirayotgan barcha turdagi viza egalari bo’lgan O’zbekiston Respublikasi
fuqarolarining (H-2, F-4, F-5, F-6, D-8
viza egalari mustasno) Koreya
Respublikasiga kirish nizomi quyidagicha ma’lum qilinadi.

Barcha fuqarolar ikki
haftalik belgilangan hududda yoki o’z uyida karantinga olinadilar.

Chet-ellik fuqarolar majburiy karantin qoidalarini buzsa bir yildan kam bo’Imagan qamoq jazosi qo’llanadi yoki 10.000.000 vondan kam bo’lmagan jarima solinadi.
Shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortiladi va o’z mamlakatiga
majburan qaytarib suborilish choralari qo’llanadi.

Belgilangan hududda karantinga olinadigan fuqarolar mamlakatga kirishda to’liq holda 1.400.000 von (kuniga 100.000 vondan) to’lashlari zarur. Aviachiptaga buyurtma berish paytida shaxsga tegishli ism, tug’ilgan yil. pasport raqam va
boshqa ma’lumotlar aniq ma’lum qilinishi zanur.

Barcha turdagi viza egalari (H-2, F4, F-5, F-6, D-8 viza egalari mustasno) karantinga olinishga rozilik xati va tasdiqnomasi (yashash manzilini
tasdiqlovchi hujjat, ya’ni ijara shartnomasi)ni oldindan
elchixonaga
uzkorembl9@mofa.go.kr mail manziliga yuborilgandan so’ng, elchixona tomonidan
«Karantinga olinish manzili ma’lumotnomasi» taqdim etiladi.

Samalyotga chiqishdan 24 soat oldin belgilangan aviakompaniya
tomonidan uchib ketishi rejalashtirilyotgan fuqarolarning ro’yxati elchixonaga taqdim etiladi. «Karantinga olinish manzili ma’lumotnomasi» tasdiqlanmagan viza egalari ro’yxati ham aviakompaniyaga taqdim etiladi Aviakompaniyada mazkur
ma’lumotnomani taqdim etgan fuqarolar ID karta yoki vizasini taqdim etsalar samalyotda uchishga nuxsat beriladi.

*Incheon Xalqaro Aeroportida karantinga olinish bilan bog’liq muammo yuzaga kelganda mamlakatga kirishga nusat etilmasligi yoki o’z mamlakatiga
majburan qaytarib yuborilish mumkin.

*Ilova: Karantinga olinishga rozilik xati va tasdiqnomasi
(2020-yil 2-iyul) Koreya Respublikasining O’zbekistondagi Elchixonasi

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!