Koreya yilning eng ko’p elektr energiyasi iste’mol qilinadigan yoz mavsumiga tayyorligini ma’lum qildi

Janubiy Koreya elektr energiya ishlab chiqaruvchilari eng ko’p elektr iste’mol qilinadigan yoz faslining iyul va avgust oylarida aholini o’z vaqtida va uzluksiz elektr bilan ta’minlashga to’la tayyor ekanligini ma’lum qilishdi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. Issiq yoz faslida konditsionerlar va muzlatkichlardan ommaviy ravishda foydalanilishi sababli, ushbu ikki oyda umumiy elektr sarfi hajmi butun mamlakat bo’ylab 90 million kilowatt (kw) ga yetadi.

Ayniqsa, har yili iyulning oxirgi haftasidan avgustning ikkinchi haftasiga qadar bo’lgan muddatda elektr energiya iste’moli keskin oshishi natijasida elektr stansiyalariga yuklamalar o’zining cho’qqisiga yetadi. Hozirda Janubiy Koreyaning ushbu muddatda elektr yetkazib berish qudrati 100 million kilowatt dan ko’p bo’lib, ya 7-8 million kilowatt miqdoridagi elektr energiya zaxirasi ham har ehtimolga qarshi shakllantirib qo’yilishi ta’kidlandi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!