Koreyaning yuqori malakali texnologiya sohasi mutaxassislari Xitoyga ishlash uchun chiqib ketishlari xavotir uyg’otmoqda

Janubiy Koreya texnologiya sanoati yuqori malakali mutaxassislari ishlash uchun Xitoyga ko’chib ketayotganligi mamlakat rahbariyatini tashvishga solmoqda deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Xitoy hozirgi kunda chet ellik iqtidorli ekspertlarni o’ziga jalb qilib, 2025-yilga kelib texnologiya sohasida butunlay mustaqil ishlab chiqaruvchiga aylanishni niyat qilgan. Ayniqsa, displey ishlab chiqarish sohasida OLED displeylari yetakchi mutaxassislarini Xitoy kompaniyalari qo’lga kiritishga harakat qilishmoqda.

Avvalgi yillarda ham koreys mutaxassislarini Xitoy kompaniyalari qo’lga kiritishga harakat qilishlari tez-tez kuzatilgan bo’lib, yashirin tarzda muhandislarning o’ziga aloqaga chiqishar edi. Endilikda esa ular ochiqdan ochiq mahalliy ish topishga mo’ljallangan portallarda o’z e’lonlarini joylashtirmoqdalar. Shu paytgacha mingdan ortiq texnologiya injenerlariga yuqori oylik maoshlarini va’da qilib Xitoy kompaniyalari koreyslarni o’zlariga og’dirib olishgan edi.

Prezident Mu Je hokumat tepasiga kelishi bilan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish siyosatini olib borib, agarda displey va yarimo’tkazgich texnologiyasi sirlarini chet el kompaniyalariga ma’lum qilinsa 3 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Hozirda Huawei va Xiaomi kompaniyalari yuqori texnologiya sanoati rivojlanishi ortidan Janubiy Koreyaning bu sohadagi yetakchiligi qo’ldan chiqib ketishi mumkinligidan xavotir bildirilmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!