Koreyaning immigrantlarni deport qilishdan avval ularni saqlab turish markazlari chet elliklar bilan to’lib bormoqda

Janubiy Koreyaning noqonuniy immigrantlarni deport qilishdan avval ularni olib kelib saqlash joylari deyarli to’lib ketdi deb xabar qiladi Korea Herald internet nashri. Buning asosiy sababi xalqaro parvozlarning koronavirus pandemiyasi sababli qisman to’xtab qolganligidir. Adliya vazirligi bergan ma’lumotga ko’ra mamlakatdagi uchta asosiy shunday markazlarda saqlanayotgan migrantlar soni 18-may holatiga ko’ra mart oyidan buyon 85 foizga o’sib, hozirda 720 nafarni tashkil qilmoqda.

Gyeonggi provinsiyasida joylashgan Hwaseong va Shimoliy Chungcheong provinsiyasidagi immigratsiya markazlarida saqlanuvchilar soni ikki barobarga oshib, Janubiy Cholla provinsiyasidagi Yeosu shahrida esa nisbatan kamroq o’sish kuzatilgan. Ularni saqlash muddati ham keskin oshib, bir oydan uch oygacha saqlanuvchilar 6 karra, uch oydan olti oygacha saqlanuvchilar esa ikki karraga oshgani qayd etildi. Markazda saqlanayotganlarning ko’pchiligi yoshlar bo’lib, 20-30 yosh oralig’idagilar ko’pchilikni tashkil etmoqda. Bu muddat ichida deport qilinganlar miqdori esa 434 nafardan 282 nafarga kamaygan. Samolyotlar parvoz etishi qisqarib ketgani sabab ham qo’lga olinganlarning deport qilinishi to’xtatib turilibdi.

Noqonuniy migrantlar qo’lga olingach shunday turdagi markazlarga deport qilinishdan avval saqlash uchun keltiriladi. Biroq, hozirda pandemiya sababli nolegal chet elliklarni qo’lga olish reydlari vaqtinchalik to’xtatib turilibdi. Shunday bo’lsa ham politsiya tomonida ushlangan yoki qamoqdan ozod etilgan shaxslar deport qilinishdan avval markazlarga keltirilishi davom etmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!