Janubiy Koreya hukumati kelasi haftadan favqulodda holatlar uchun zaxira sifatida katta miqdorda guruch sotib olib, uni g’amlab qo’yishni boshlaydi

Janubiy Koreya hukumati keyingi haftadan boshlab favqulodda holatlar uchun zaxira sifatida katta miqdorda guruch sotib olib, uni g’amlab qo’yishni boshlaydi deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Yillik guruh jamg’armasi bozor narxini barqarorlashtirish va tabiiy ofatlar paytida ehtiyojlarni qondirish maqsadida har yili shakllantirib boriladi. Reja doirasida 340 ming tonnadan ortiq guruch zaxira uchun sotib olinib, shundan 10 ming tonnasi xorijiy davlatlarga yordam berish uchun saqlab qo’yiladi.

Odatda hukumat yillik jami guruch iste’molining 17-18 foizi atrofida zaxira jamg’arib qo’yadi va bu ikki oyga yetishi mo’ljal qilinadi. Yil oxirigacha 40 kilogramlik qoplardagi guruch 30 ming won (25 dollar) oldindan pul to’lab sotib olinadi va qolgan summani keyinchalik to’lab beriladi. Bu yilgi bir qop guruch narxi esa hali aniq belgilanmagan, biroq o’tgan yili unga 65 ming won narx qo’yilgan edi. Qurg’oqchilik va suv toshqinlari yuz berishi ehtimoliga qarshi ASEAN tashkiloti doirasida maxsus loyiha ham mavjud bo’lib, Janubiy Koreya 2017-yildan beri dastur doirasida Myanma, Kambodja, Vyetnam, Laos va Filippin kabi davlatlarga insonparvarlik yordami ko’rsatgan.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!