Janubiy Koreya Osiyo qit’asining moliyaviy markazi bo’la oladimi?

Osiyo qit’asining moliyaviy markazi deb hisoblanadigan Gonkongda siyosiy muammolar paydo bo’lgach, jaxon miqyosida ko’plab davlatlar Osiyoning boshqa muqobil moliya markazini izlashga harakat boshladi. Bu borada Yaponiyaning Tokio shahri, Singapur davlati yetakchilikni qo’lga olishga intilayotgan bir paytda Janubiy Koreya Pusan shahrini ushbu o’ringa loyiq deb taklif qilimoqda deb xababr qiladi Korea Times internet nashri.

Biroq, moliyaviy ekspertlar ta’kidlashicha, Seul ham Pusan ham bu borada yetakchilikni qo’lga olishi qiyin. 2000-yillar boshidan buyon Koreya hukumati bu borada qattiq harakat qilsada, Global Financial Centers Index nashri reytingida Seul 36-o’rinda Pusan esa 46-o’rinda qayd etilgan. Ushbu reyting shaharlarning biznesga kerakli nuhit, inson kapitali, infrastruktura, moliyaviy sektor rivojlanganligi va xizmat ko’rsatish sifati orqali shakllantiriladi.

Xorijiy kompaniyalar qayd etishicha, Janubiy Koreyada korporativ soliq miqdori yuqori bo’ib, 25 foizni tashkil qiladi. Xuddi shu soliq turi Yaponiyada 23 foiz, Singapurda esa 17 foizdir. 2018-yil prezident Mun Je ma’muriyati ushbu soliqni 22 foizdan 25 foizga ko’targan bo’lib, buning sababi sifatida xorijiy va mahalliy kompaniyalarga beriladigan imtiyozlarni tenglashtirish deb ko’rsatilgan. Shuningdek, mahalliy qonunchilik qoidalarini aniq talqin qilish imkoni cheklangani, xorijliklarga bo’lgan salbiy munosabat, mehnat bozorining qimmatligi, Shimoliy Koreya bilan o’zaro nizoning mavjudligi kabi omillar chet el kompaniyalarining Koreyaga bexavotir kirib kelishini cheklab qo’yadi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!