Janubiy Koreya hukumati yanada ko’proq tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga qaror qildi

Janubiy Koreya tibbiyot oliy o’quv yurtlari bu yil har qachongidan ko’ra ko’proq talabalarni o’qishga qabul qilish bo’yicha hukumatdan tavsiya oldi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. Hozirda yiliga 3 ming nafar talaba tibbiyot yo’nalishiga o’qishga qabul qilinsa, bu ko’rsatkichni har yili 400 taga oshirib, yillik 13 foiz oshirish hisobiga 10 yil ichida katta miqdordagi shifokorlarga ega bo’lish rejalashtirilmoqda. Ayniqsa shifokorlar tanqis bo’lgan hududlarga malakali mutaxassis yetkazib berish vazifasi hukumat oldida turgan muammolardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, chekka hududlarda 9 ta jamoat kasalxonalari barpo etilib, ayniqsa hozirgi pandemiya sharoitiga o’xshash holatlar yuz bersa bu kasb egalariga ehtiyoj ortib borishi aniq. Shifokorlar fikriga ko’ra esa muammo kadrlar yetishmovchiligida emas, balki mavjud ish tizimidagi kamchiliklar, jumladan og’ir ish sharoiti va qo’shimcha ish haqlari mavjud emasligidan kelib chiqadi. Natijada esa, yosh bo’lajak nomzodlarning tibbiyot sohasini kelajakda kasb sifatida tanlamasligiga olib kelmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!